M

Mushfiq Kozimiy

0.0 (0 ta baho)
Roman

Murtazo Mushfiq Kozimiy (1887 – 1978) – Eron yozuvchisi. Zamonaviy fors nasrining asoschilaridan biri. “Erane javan” (“Yosh Eron”) jurnalida bosh muharrir boʻlib ishlagan (1926). Ijodiy faoliyati 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Kozimiyning birinchi yirik asari “Qoʻrqinchli Tehron” (1922) romani hisoblanadi. Romanda Erondagi ijtimoiy hayot, xalq boshiga tushgan qiyinchiliklar, adolatsizliklar, ayollarning ogʻir qismati aks ettirilgan. Romanning 1-qismi “Mahuf” (1921) Tehronda, 2-qismi “Bir kecha xotirasi” (1924) Berlinda nashr etilgan. Kozimiy “Soʻligan gul”, “Qimmatga tushgan rashk” va boshqa romanlar muallifi. Publitsistik asarlari, tarjimalari Eron adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutadi. “Qoʻrqinchli Tehron”ning 1-qismi Gʻafur Gʻulom, 2-qismi Sotiboldi Yoʻldoshev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Qo‘rqinchli Tehron Mushfiq Kozimiy
Qo‘rqinchli Tehron

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help