Murza G‘aparov

Murza G‘aparov

22.03.1936

0.0 (0 ta baho)
Hikoya Qissa

Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Murza G‘aparov (Murza Gaparov) – qirg‘iz kitobxonlarining ardoqli adiblaridan biri. U o‘zining zamondoshlari Ashim Jaqipbekov, Mar Bayjiyev, Kengash Jusupovlar bilan bir safda turgan holda, qardosh qirg‘iz adabiyotida hikoyachilik janrini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan. M. G‘aparov 1936-yilda O‘sh viloyatining Novqat tumanidagi Nuyg‘ut qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirza og‘a atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatov bilan birgalikda ko‘p yillar «Qirg‘izfilm» kinostudiyasida ishlab, qator kinofilmlar ham yaratgan. Murza G‘aparovning «Mehmon» deb nomlangan birinchi kitobi 1963-yilda nashr etilgan. Adibning «Bir shingil uzum», «Arslonbob tomonlarda», «Qorako‘lning g‘ozlari», «G‘aroyib Orol», «Qizil beda», «Yovvoyi o‘rdaklar» singari qator kitoblari qirg‘iz, rus va qardosh tillarda bosilib chiqqan.«Jahon adabiyoti» jurnali muxlislari e’tiboriga havola etilayotgan mazkur qissa olis va sirli Badaxshondagi qirg‘iz elatining turmush tarzi Murza G‘aparovga xos uslubda bayon etiladi.

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Boychechak
Boychechak

0.0 (0)
Murg‘obliklar
Murg‘obliklar

0.0 (0)
Ikki mahal gullaydigan olmalar
Ikki mahal gullaydigan olmalar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.