M

Munavvarqori Abdurashidxonov

23.04.1931

5.0 (1 ta baho)
Hikoya

Munavvarqori Abdurashidxonov 1878-yilda Toshkentning Shayhontohur dahasidagi Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Abdurashidxon madrasada mudarris, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi boʻlgan. Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqardi. Soʻngra Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasasida taʼlim oldi. 1904-yildan boshlab faol ijtimoiy hayotga kirib bordi.“Shoʻroi Islom” tashkilotining (1917 – 18) ideologi va rahbari sifatida faoliyat koʻrsatdi. 1929-yilda nohaq millatchilikda ayblanib qamoqqa olindi va 1931-yilda otib tashlandi. Uning hoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir. Munavvarqori 1903-yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan “Adibi avval” (“Birinchi adib”, 1907) alifbe kitobi, “Adibi soniy” (“Ikkinchi adib”, 1907. Unda “Himmatli faqir” sheʼri keltirilgan) oʻqish kitoblari bir necha bor nashr qilingan. 1908-yil uning “Sabzazor” (toʻplam), “Er yuzi” (geografiyadan), “Tajvidal Qurʼon” (Quronni oʻqish usulini oʻrgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qoʻllangan. 1906-1917-yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan, “Xurshid”, “Najot”, “Kengash” kabi gazeta va bir qancha jurnallarga asos solgan, jadidlar teatri targʻibotchisi boʻlgan. Munavvarqori millatimizning maʼrifiy kelgusi va mustaqillik yoʻlini munavvar qilib ketgan zotdir. “Chor hukumatini yoʻqotish jadidlarning tilagida bor edi” deb yozgan edi 20-yildagi maqolalaridan birida u.

Kitoblar (7)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Adibus-soniy Munavvarqori Abdurashidxonov
Adibus-soniy

5.0 (1)
Yer yuzi Munavvarqori Abdurashidxonov
Yer yuzi

0.0 (0)
Musulmonlik Munavvarqori Abdurashidxonov
Musulmonlik

0.0 (0)
Tug‘ishganlik sevgis... Munavvarqori Abdurashidxonov
Tug‘ishganlik sevgisi

0.0 (0)
Qanday qullik tushdi... Munavvarqori Abdurashidxonov
Qanday qullik tushdi?

0.0 (0)
Devpechak Munavvarqori Abdurashidxonov
Devpechak

0.0 (0)
Bizda hamiyat Munavvarqori Abdurashidxonov
Bizda hamiyat

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help