Muhtarama Ulugʻova 1952-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan. Fargʻona Davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1972).
“Boychechakning tushlari” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1983-yilda bosilib chiqqan. “Muhabbatga toʻymasman sira” (1985), “Kunlarning bagʻri keng” (1987), “Ey dilim!” (2008) nomli sheʼriy toʻplamlari, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimga bagʻishlangan “Muhabbat saroyida mangu qolganlar” (2005), “Bahor keldi seni soʻroqlab” (2015) nomli badiiy-publitsistik kitoblari nashr etilgan.
Muhtarama Ulugʻova “Shuhrat” medali hamda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Ona, sizni sogʻindim
Muhtarama Ulugʻ
Ona, sizni sogʻindim
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Ona, sizni sogʻindim
Muhtarama Ulugʻ
Ona, sizni sogʻindim
|
— | Badiiy adabiyot |
0.0
|