Muhammad Ismoil

image
10
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya badia kinoqissa

Muhammad Ismoil 1964-yilining 13-martida Sirdaryo viloyatining Xovos qoʻrgʻonida tugʻilgan. 1981 – 1986-yillarda hozirgi OʻzMU jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ilk sheʼriy toʻplami “Tazarru saodati” 1991-yil chop etilgan. Shundan soʻng “Tasavvur chiziqlari” (1998), “Koʻngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001), “Siz hamon oʻshasiz” (2003), “Sizni sevmay boʻladimi” (2005), “Bahorning eng soʻnggi lolasi” (2006), “Chiroylisan, tengi yoʻq” (2006), “Koʻksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon toʻla orzular” (2011) kitoblari chop etilgan. Adibning hikoyalari asosida “Luchezarnaya” (2011) kitobi rus tilida nashrdan chiqqan. Adib mohir tarjimon hamdir. Marina Svetayeva, Boris Pasternak ijodidan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirgan Muhammad Ismoil asarlari asosida “Izgʻirinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy chiqmagan oqshom”, “Yangi oy chiqqan kecha”, “Mohinur”, “Atirgul”, “Balogʻat bekati”, “Yulduzsiz osmon” “Qalbim ardogʻi” kabi videofilmlar ekranlashtirilgan. Qirqdan ortiq sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyotni targʻib qilish byurosi bosh muharriri (1987-1989), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy konsultanti (1989-1993), “Yoshlik” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari (1993-1996), “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri (1996-1998), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekiston” telekanali bosh direktori oʻrinbosari (1998-2006), Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU direktor oʻrinbosari – bosh muharrir (2006-2009) lavozimlarida ishlab kelgan. Hozirda Toshkent Davlat Madaniyat Institutida faoliyat yuritmoqda. Yozuvchi Erkin Usmonov adib haqida “Oshufta koʻngil” nomli kitob yozgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Istiqlol tonggi” mukofoti sovrindori.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz