Muhammad Ali Jamolzoda
13.01.1892 — 08.11.1997
Said Muhammad Ali Jamolzoda – yozuvchi. Isfahon, Tehron va Fransiyada oʻqigan. Huquqshunoslik doktori. Adabiy faoliyati 20-yillardan boshlangan. Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami – “Bir bor ekan, bir yoʻq ekan” (1921) bilan hozirgi Eron hajviy prozasini boshlab bergan.
Hikoyalarida Erondagi turli tabaqa vakillari qiyofasi tasvirlangan. Jamolzoda “Husayn Ali amaki” (1942), “Achchiq va shirin” (1955) kabi hikoyalar toʻplamlari va “Jinnixona” (1942), “Mahshar sahrosi” (1944), “Kultashandevon” (1945), “Suv yoʻli” (1947), “Oʻngi-chapi bir xil mato” (1955) kabi qissalar, shuningdek, qator pyesalar va maqolalar muallifi. U Shiller, Moler va boshqa yozuvchilarning asarlarini forschaga tarjima qilgan. Jamolzodaning bir qancha asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.
Kitoblar (3)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Turfa hangomalar
Muhammad Ali Jamolzoda
Turfa hangomalar
|
— |
0.0
(0)
|
|
Nasihatgo‘y
Muhammad Ali Jamolzoda
Nasihatgo‘y
|
— |
0.0
(0)
|
|
Qovurilgan g‘oz
Muhammad Ali Jamolzoda
Qovurilgan g‘oz
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Turfa hangomalar
Muhammad Ali Jamolzoda
Turfa hangomalar
|
— |
0.0
|
|
|
Nasihatgo‘y
Muhammad Ali Jamolzoda
Nasihatgo‘y
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Qovurilgan g‘oz
Muhammad Ali Jamolzoda
Qovurilgan g‘oz
|
— | Hikoya |
0.0
|