Muhabbat Sharafiddinova 1951-yilda tugʻilgan. 1968-yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni filolog mutaxassisligi bilan yakunlagan. Muhabbat Sharafiddinova oʻnlab adabiy-tanqidiy ishlar, maqolalar muallifi hisoblanadi. «Nabokovni anglash», «Choʻlponning «Kecha va kunduz» romani jahon badiiy anʼanalari koʻzgusida», «Oʻtkir Hoshimov va Uilyam Folkner asarlarining hikoya uslubi oʻziga xosliklari», «Chingiz Aytmatov va oʻzbek adabiyoti», «Ozod Sharafiddinovning falsafiy-estetik qarashlari» va boshqalar shular jumlasidandir. Muhabbat Sharafiddinova adabiy tanqidchilik sohasidagi oʻzining ilmiy ishlari va tadqiqoti bilan oʻzbek kitobxonlariga milliy va jahon adabiyotini oʻziga xosliklarini koʻrsatishga, shuningdek, pedagogik faoliyati bilan qator isteʼdodli munaqqid va adabiyotshunoslar guruhining paydo boʻlishiga ulkan hissa qoʻshgan olimalardan biridir. Taniqli adabiyotshunos olim, marhum Ozod Sharafutdinovning qizi, olima Muhabbat Sharafiddinova 2013-yil 3-mart kuni vafot etdi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Markiza
Muhabbat Sharafiddinova
Markiza
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Markiza
Muhabbat Sharafiddinova
Markiza
|
— | Esse |
0.0
|