Moxandas Karamchand Gandi

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

\Gandi Moxandas Karamchand (1869, Gujarot viloyati – 1948. 30. 1, Dehli) – Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni “Mahatma” (“Buyuk qalb”) deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya – Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887–91-yillarda Angliyada huquqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891-yildan advokatlik vazifasida, 1893–1914-yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos-maslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22-yil kurash olib bordi. Gandi “satyagraxa” (“kuch ishlatmasdan kurashish”) taktikasini ishlab chiqdi. U 1915-yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar oʻtkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq toʻlashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan (1922–24, 1930–31,1942–44). Gandi hindular bilan musulmonlarning oʻzaro doʻstligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. Gandining hinduizm eʼtiqodi chuqur boʻlgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bogʻlashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va doʻstligi haqidagi gʻoyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning gʻazabini keltirgan. Hindularning reaksion shovinistik tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz