Mori Ogay

Mori Ogay

17.02.1862 09.07.1922

0.0 (0 ta baho)
Qissa

Mori Ogay (森 鷗外) Yaponiyaning Simane viloyatiga qarashli Suvana shaharchasida, shifokorlar oilasida tavallud topdi. Bolaligida Konfutsiy maktabi mumtoz adabiyotini va golland tilini o‘rgandi. 1881-yili tibbiyot bilim yurtini bitirdi va 1884-yili Germaniyaga yuborildi. U yerda tibbiy ma’lumotini oshirdi hamda Lessing, Shiller, Gyote, Gofman, Russo va Turgenev asarlarini qiziqib o‘qidi.
Yaponiyaga qaytgach, 1888-yilda harbiy vazirlikning tabobat departamentida boshliq lavozimini egalladi, tibbiyot doktori va filologiya doktori darajasini oldi. Mori Ogayning adabiy faoliyati «She’riy tarjimalar antologiyasi» (1889) hamda «Raqqosa» (1890) qissasini chop ettirishdan boshlandi. Keyinchalik e’lon qilingan «O‘smir» (1910) va «Yovvoyi g‘oz» (1912) degan romantik qissalari bilan tanildi. Mori Ogay Gyote, G. Andersen, G. Lessing, G. Ibsen asarlarini yapon tiliga tarjima qilib, yapon adabiyoti ravnaqiga muhim hissa qo‘shdi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Raqqosa
Raqqosa

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.