Mixail Saltikov-Shchedrin

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
roman

Saltikov Mixail Yevgrafovich, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi – N. Shchedrin) [1826. 15(27). 1, – Spas-Ugol qishlogi, Kalyazin tumani 1889. 28. 4 (10. 5), Peterburg] – rus yozuvchisi. Moskvadagi Dvoryanlar institutida (1836–38) va Aleksandr (sobiq Sarskoye selo) litseyida (1838–44) taʼlim olgan. Dastlab sheʼrlar yozgan. “Lira” sheʼri (1841) Pushkin va Derjavinga bagʻishlangan. 15 sheʼri bizgacha yetib kelgan. “Ziddiyatlar” (1847), “Chalkash ish” (1848) asarlari naturalistik xarakterda boʻlib, chuqur ijtimoiy masalalar aks ettirilgan. Asar hukmron doiralar gʻazabini qoʻzgʻatgan. 1848-yil aprelda qamoqqa olinib, Vyatkaga surgun qilingan. 1855-yil surgundan qaytgach, “Gubernya ocherklari”ni (1856–57) yozgan. Saltikov-Shchedrin ijodiy faoliyatini davlat ishlari bilan birga olib borgan. 1856–58-yillarda Ichki ishlar vazirligining alohida topshirigʻi bilan chinovnik boʻlib xizmat qilgan, dehqonlar reformasini tayyorlashda qatnashgan. 1858–62-yillarda Ryazan va Tver guberniyalarining vitse-gubernatori. Isteʼfoga chiqqach, “Sovremennik” jurnalida ishlagan (1862). Nekrasov vafotidan soʻng (1877) S. “Otechestvennыe zapiski” jurnaliga rahbarlik qilgan. Koʻpgina ocherk va ssenariylari “Kichik hikoyalar” va “Nasrdagi hajviya” (1863) kitobiga kiritilgan. “Pazuxinning oʻlimi”, “Nasrdagi hajviya” pyesalarida podsho amaldorlari tanqid qilingan. “Janob Golovlyovlar” (1875–80), “Monrepo boshpanasi” (1878–79), “Yil boʻyi” (1879–80), “Hayot ikir-chikirlari” (1886–87), “Ertaklar” (1882–86) va boshqa asarlarida reformadan soʻnggi Rossiya hayotidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar aks etgan. “Bir shahar tarixi” (1869–70), “Janob toshkentliklar” (1869–72) asarlari ham bor. Tugallanmay qolgan “Unutilgan gaplar” kitobi muhim hayotiy masalalarga bagʻishlangan. Hayotni idrok etish, chuqur bilish va xalqqa boʻlgan mehrli munosabat adibni murosasiz, oʻtkir satirik darajasiga koʻtargan. Saltikov-Shchedrinning satirasi podsho Rossiyasining byurokrat apparatini tanqid qilishga qaratilgan. U oʻz asarlarida kishilardagi byurokratizm va opportunizmni, sotqinlik, mansabparastlikni qattiq tanqid qilgan. Asarlari rus tanqidiy realizmining yorqin namunalaridir. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz