Mixail Prishvin

Mixail Prishvin

Tavalludi
23-fevral 1873
Vafoti
16-yanvar 1954
Esdaliklar Hikoya Jahon adabiyoti

Prishvin Mixail Mixaylovich [1873. 23. 1(4. 2), Lipetsk viloyati Yelets tumani – 1954. 16. 1, Moskva] – rus yozuvchisi. Leyptsig universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1902). Qrim va Qozogʻistonga qilgan safari natijasida esa “Odam Ato va Momo Havo” (1909), “Qora arab” (1910) singari ocherklarini yozgan. “Berendey buloqlari” (1923) ocherki, “Kashchey zanjiri” (1923) va “Turnalar oʻlkasi” (1929) romanlari muallifi. Prishvin butun umri davomida tabiat, ov va oʻlkashunoslik bilan qiziqqani, oʻz hayoti mazmunini tabiat bilan uygʻunlikda koʻrgani uchun tabiatga mehr motivi uning butun ijodi boʻylab “qizil ip” yangligʻ oʻtib turadi. Uning hatto katta epik asarlarida ham tabiatga boʻlgan mehr, u bilan uygʻunlikda yashash va tabiatni asrash gʻoyasi yotadi. Prishvin 40–50-yillar “Kiyinmagan koʻklam” qissasi, “Fatseliya” nasriy dostoni (1940), “Quyosh xazinasi” (1945) ertak-rivoyati kabi asarlarini yozgan. Yozuvchi vafotidan keyin uning “Zamin koʻzlari” kundaliklari, “Osudar yoʻli” (1957) roman-ertagi eʼlon qilingan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Oʻrmon tomchilari Mixail Prishvin
Oʻrmon tomchilari

0.0 (0)
Oq kamalak Mixail Prishvin
Oq kamalak

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.