Mirmuhsin Shermuhamedov

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
roman

Yozuvchi va jurnalist Mirmuhsin 1895-yili Toshkentda tugʻilgan. Oʻzbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916–17-yillarda Ufadagi “Oliya” madrasasida oʻqigan. 1917-yili Toshkentga qaytgan. 1917-yili Fevral inqilobi munosabati bilan “Turon” gazetasiga yozgan “Tarixiy ikki voqea” maqolasi katta janjalga sabab boʻlgan. Sebzor qozikaloni hukmi bilan Mirmuhsinga oʻlim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Mirmuhsin qamoqdan qochib, Ufaga ketadi. Fuqarolar urushi boshlanib ketgach, Mirmuhsin Sharqiy frontning 1–5-armiyalari siyosiy boʻlimida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi. 1920-yilning boshlarida Toshkentga qaytib, dastlab “Ishtirokiyun”, soʻng “Qizil bayroq”, “Turkiston” va boshqa gazetalarda muharrirlik qiladi. Mirmuhsinning hozircha maʼlum sheʼrlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. “Befarzand Ochildiboy” (1914) nomli birinchi oʻzbek romani muallifi. Adib ilm-maʼrifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon boʻlishiga astoydil ishonadi, “avom”ni ilm olishga daʼvat etadi (“Milliy adabiyot”, “Ahvoli odamdin bir namuna”, “Adabiyot” va b.). Xalqning ogʻir va mashaqqatli, fojiaga toʻla turmushini tasvirlaydi (“Ashʼor”, “Bizni”). Mirmuhsinning “Yigirmanchi asrda Turkiston boboy”, “Zindon” (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid qarashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida shoʻrolarga ishongan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning “yoʻqsillik” rangiga boʻyalib, yanada keskinroq tus olgani, milliy-diniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani Mirmuhsin umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va koʻtarinki ruh yoʻqolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi (Begali Qosimov).

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz