- Tavalludi
- 15-may 1942
- Vafoti
- 14-mart 2023
Mengliboy Murodov 1942-yilning 15-mayida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Shodibek qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topgan. Buxoro davlat pedagogika institutida (1961–1966) tahsil olgan.
Mengliboy Murodovning “Mehr” nomli birinchi sheʼriy kitobi 1966-yilda nashr etildi. Shundan soʻng u “Xosiyatli kun” (2001), “Diydor” (2002), “Yuragimda borin aytdim” (2005) nomli sheʼriy toʻplamlar, “Gunoh” (2008), “Savob” (2011) nomli romanlar, “Mening bola qalbim” (2009) qissasi, hamda “Koʻngildagi qoʻshiqlar” (2012), “Umidli dunyo” (2022) kitoblarini yozdi.
Adibning “Gunoh” romani respublikamiz mustaqilligining 17 yilligida oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovida faxrli 3-oʻrinni oldi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Uygʻonish
Mengliboy Murodov
Uygʻonish
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Uygʻonish
Mengliboy Murodov
Uygʻonish
|
— | Drama |
0.0
|