Mehmon Baxtiy

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Mehmon Baxtiy 1940-yilning 25-martida Tojikistonda, Gʻarm (hozirgi Rasht) tumanining Shul qishlogʻida dunyoga kelgan. 1963-yilda Tojikiston Davlat pedagogika oliy oʻquv yurtining tarix-filologiya kulliyotini bitirgan. 1973-1975-yillarda Moskvadagi Adabiyot oliy oʻquv yurtida taʼlim olgan. U “Tojikfilm”da muharrir, bosh muharrir muovini, Tojikiston televideniyesida boʻlim mudiri, Lohutiy nomli Davlat teatrida adabiy boʻlim mudiri, Mirzo Tursunzoda nomli adabiyot uyida mudir, yosh ijodkorlar bilan ishlash kengashi raisi, Tojikiston Yozuvchilar Ittifoqi adabiyotni targʻib etish kengashi raisi vazifalarida ishladi. Hozirda Tojikiston Yozuvchilari Ittifoqining raisi. Ittifoq aʼzolari uni ikkinchi marta shu vazifaga saylashdi. Mehmon Baxtiy sermahsul ijodkor sifatida tanilgan. U adabiyotning turli janrlarida mahorat bilan ijod qiladi. “Eh,yoshlik!” dramasi umumittifoq koʻrigida qatnashib, SSSR Yozuvchilar Uyushmasi va Madaniyat vazirligining mukofotiga sazovor boʻlgan. Mazkur asar va ijodkor qalamiga mansub “Qaroqchi va koʻza yasovchi” dramasi Tojikiston, Ӯzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiya teatrlarida sahnalashtirilgan. Ayni paytda ijodkorning “Koʻklam hidi”, “Shirin xayol” sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mehmon Baxtiy nasrda ham barakali ijod qilib kelayotir. Uning “Engil oh”, “Xubon”, “Qariya” kabi qissalari kitobxonlarga yaxshi tanish. Ayniqsa, “Xubon” qissasi muvaffaqiyat qozongan va dunyoning bir necha tiliga oʻgirilgan. Ijodkor sobiq Shoʻrolar paytida Tojikiston komsomoli mukofoti (1986-yil), Tojikiston mustaqilligi davrida esa, Rudakiy nomli Davlat mukofotiga (1998-yil) sazovor boʻldi. Mehmon Baxtiy adabiyotdagi katta xizmatlari uchun Tojikiston Xalq Yozuvchisi unvoniga musharraf boʻldi.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz