Mashrab Boboyev

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Taniqli shoir va dramaturg Mashrab Boboyev 1941-yilda  Samarqand viloyatining Poyariq tumanida tugʻilgan. 1956-yilda oʻrta maktabni bitirgach, avval jamoa xoʻjaligida, keyin qishloq kutubxonasida ishladi. 1960-1965-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik fakultetida tahsil koʻrdi. Respublika xalq ijodiyoti uyida uslubchi, Samarqand viloyat xalq ijodiyoti uyining direktori, “Yosh gvardiya” (hozirgi “Yangi asr avlodi”) va Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlarda muharrir boʻlib ishladi. Respublika radiosi “Sharq yulduzi” jurnali, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat koʻrsatdi. Teatrlarda adabiy emakdoshlik qildi. Madaniyat ishlari vazirligida repertuar boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tarjima tahririyatining bosh muharriri boʻlib ishladi. Mashrab Boboyev oʻtgan asrning 60-yillaridan Respublika matbuotida shoir va adib sifatida tanila boshladi. Ilk sheʼriy toʻplami “Onamga xat” 1971-yilda nashr etildi. Soʻngra “Bahor kayfiyati”, “Soʻz”, “Olisdagi chiroq”, “Bagʻishlov”, “Men bilgan sir” kabi bir qancha sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. “Kechki trolleybus”, “Gurung” hikoyalar toʻplamlari chop etildi. Mashrab Boboyev jami oʻndan ortiq sahna asarlari yaratgan isteʼdodli dramaturg edi. Uning “Oʻttiz yoshlilar”, “Er tomiri”, “Gurung”, “Onaizor” kabi dramalari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirildi va “Nomsiz yulduzlar”, “Qani mening yulduzim” deb ataluvchi toʻplamlar sifatida nashr etildi. Ayniqsa, Mashrab Boboyev ssenariysi asosida suratga olingan koʻp qismli “Koʻngil koʻchalari” videofilmi tomoshabinlar orasida shuhrat qozondi. Mashrab Boboyev mohir tarjimon ham edi. U A. Pushkin, R. Hamzatov va boshqa shoirlarning sheʼrlarini, bir qator dramaturglarning asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan oʻgirgan edi. Oʻz navbatida uning asarlari ham xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mashrab Boboyevning 1995-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan edi. Mashrab Boboyev 2003-yili vafot etgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Mashrab Boboyev
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz