Mark Tven

Mark Tven

30.11.1835 21.04.1910

5.0 (3 ta baho)
Bolalar adabiyoti Hajviya Hikoya Roman Sarguzasht

Asl ism-sharifi Semuyel Lengxorn Klemens boʻlgan amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik namoyandasi. Oʻspirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shugʻullanib, tirikchilik oʻtkazgan, keyinchalik gazeta tahririyatlarida ishlagan. Folklor syujeti asosida yozilgan “Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa” asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867-yilda Yevropa va Falastin boʻylab sayohat qilgan. “Chet ellardagi soddadil kishilar” (1869) yumoristik ocherklar, “Toblanganlar” (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan.“Zarhal asr” (1873, Ch. Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviy-siyosiy korrupsiya haqida, “Yaltiroq asr” (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yoʻsinda yozilgan “Eski va yangi hikoyalar” (1875), “Tennesidagi jurnalistika” (1869), “Meni gubernatorlikka qanday saylashgani” (1870), “Qishloq xoʻjaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim” (1870) singari toʻplamlariga kirgan asarlarida Amerika hayotining turli qirralari tasvirlangan.“Geklberri Finning boshidan kechirganlari” (1884) romanida amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonma-yon mavjudligi koʻzga tashlansa, “Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar” (1889) qissasida ijtimoiy qarama-qarshilik dunyosi arralanadi. “Missisipidagi eski davrlar” (1875), “Missisipidagi hayot” (1883) kitoblari, “Shahzoda va gado” (1882), “Ovsar Vilson” (1894), “Tom Soyer chet elda” (1894), “Tom Soyer – josus” (1897), “Sirli notanish odam” (1916) kabi roman va qissalar muallifi. Yozuvchining 1895-yildagi jahon boʻylab sayohati “Ekvator boʻylab” (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan “Qorongʻida oʻtirgan odamga” (1901), “Harbiy ibodat” (1923-yilda nashr etilgan) asarlarida aks etgan. Bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, 1876 va b.). “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asari (A. Pirnazarov tarjimasi) oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, “Hikoya va pamfletlar” (1959), “Shahzoda va gado” (1962) va boshqa asarlari xam oʻzbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan.Rahmatulla Inomov

Kitoblar (13)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yanki va Qirol Artur
Yanki va Qirol Artur

1889

5.0 (2)
Shahzoda va gado
Shahzoda va gado

1881

0.0 (0)
Tom Soyer va uning sarguzashtlari
Tom Soyer va uning sarguzashtlari

1876

0.0 (0)
Yaxshi yozay desangiz
Yaxshi yozay desangiz

0.0 (0)
Muxbir bilan suhbat
Muxbir bilan suhbat

0.0 (0)
O‘xshatish
O‘xshatish

0.0 (0)
Kalaverasdagi mashhur sakrong‘ich qurbaqa
Kalaverasdagi mashhur sakrong‘ich qurbaqa

0.0 (0)
G‘aroyib o‘g‘irlik
G‘aroyib o‘g‘irlik

0.0 (0)
Gubernatorlikka saylovlar
Gubernatorlikka saylovlar

0.0 (0)
Kuchukcha va uch dollar pul
Kuchukcha va uch dollar pul

5.0 (1)
Mening qo‘l soatim
Mening qo‘l soatim

0.0 (0)
U o‘lganmi yo tirik?
U o‘lganmi yo tirik?

0.0 (0)
Missis Mak-Vilyams va Yashin
Missis Mak-Vilyams va Yashin

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo‘qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.