Maritsa Bodrojich

Maritsa Bodrojich

03.08.1973

0.0 (0 ta baho)

Maritsa Bodrojich (Marica Bodrožić) 1973-yilning 3-avgustida Xorvatiyada tavallud topgan. 1983-yili Germaniyaga ko‘chib kelgan. O‘n yoshidan e’tiboran Berlin shahrida istiqomat qilmoqda. “Tito o‘ldi” nomli hikoyalar to‘plami (2000) orqali adabiy jamoatchilikka tanildi. “Botiniy lahzalar o‘yinchisi” (2005) romani, “Bitta patida o‘zgarmabdi kolibrining” (2007) she’riy kitobi nashr etilgan. “Xotiraning qalb surati” badiiy filmi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. O‘nga yaqin mukofotlar sovrindori.
M. Bodrojichning turkum she’rlari “Guliston”, “Jahon adabiyoti” jurnallarida, “Hurriyat” gazetasida, “Meros yulduzlar jilosi” essesi “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan. Nemiszabon xorvat adibasi she’riy turkumi “XX asr jahon she’riyati” antologiyasiga (Toshkent, 2011) kiritilgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yulduzlarga jilo berib
Yulduzlarga jilo berib

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.