Marina Svetayeva

image
5
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
ocherk esse badia

Svetayeva Marina Ivanovna (1892. 26. 11, Moskva – 1941. 31. 8, Yelabuga, Tatariston) rus shoirasi. Moskva universiteti professori. Lozanna va Freyfurgdagi musiqa maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi qizlar gimnaziyasida oʻqigan. Oktyabr toʻntarishini qabul qilmay, 1922-yilda Pragaga, 1925-yilda esa Parijga koʻchib borgan. Muhojirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan. Svetayeva 2-jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo koʻp oʻtmay, ruhiy iztiroblar orqasida oʻz joniga qasd qilgan. Dastlabki sheʼriy toʻplamlari – “Oqshom albomi” (1910) va “Sehrli fonar” (1912). 1916-yilga kelib, Svetayeva ijodining asosiy mavzusi – muhabbat, Rossiya, sheʼriyat mavzui uzil-kesil shakllanadi. Svetayevaning 20-yillar avvaliga oid sheʼrlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jurnallarida eʼlon qilinadi. Shu davrda uning “Blokka atalgan sheʼrlar”, “Hijron”(1922), “Psixeya, Romantika”, “Hunar” (1923) sheʼriy kitoblari va “Barakalla” (1924) doston-ertagi nashr etilgan. Svetayevaning “Rossiyadan keyin. 1922– 25” soʻnggi toʻplami 1928-yili Parijda bosilgan. Svetayeva sheʼriyati musiqiyligi, tovushning sheʼr musiqiy qurilmasidagi katta oʻrni va ahamiyati bilan ajraladi. Tashki dunyo bilan murosa qila olmagan va shu dunyodagi hayotida roʻshnolik koʻrmagan shoiraning asarlari, jumladan, “Togʻlar dostoni”, “Intiho dostoni” (1926), “Krisolov” lirik satirasi (1925), hatto antik davr syujetlari asosida yozilgan “Tezey” (1927) va “Fedra” (1928) tragediyalari uzun hamda keskin monologlardan tarkib topgan. Svetayeva nasrda ham qalam tebratib, M. Voloshin, O. Mandelshtam, A. Beliy va boshqalar haqida falsafiy oʻylar va xotiralardan iborat oʻziga xos adabiy portretlarni yaratgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz