Mahkam Mahmudov

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Nosir va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 1940-yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan. 1947-1957-yillarda Andijon shahridagi Muqimiy nomli maktabda taʼlim olgach, 1957-1962-yillarda Toshkent Davlat universitetida oʻqigan. U 60-yillardan to shu kungacha gazeta va jurnal tahririyatlari hamda nashriyotlarda ishlab keladi. Hozirgi kunda esa “Muloqot” jurnalida adabiy xodim sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mahkam Mahmudov dastlab shoir sifatida qalam tebratgan. Keyinchalik u nasrga ham oʻtib, tarixiy mavzular va fantastik janrda ijod qilib keladi. Agar uning “Bibixonim”, “Shohlar malikasi”, “Movarounnahr yulduzi”, “Sulton Mahmud Gʻaznaviy”, “Boysungʻur ibn Shohruh”, “Imom Zayniddin Gʻazzoli” kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan boʻlsa, “Men – men emasman”, “Teskari koʻzlar sayyorasi”, “Sirli qasr”, “Mangu kuy izlab” singari asarlarida esa u fantastik janrga qoʻl uradi. Mahkam Mahmudov adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Uning “Talant va ijod falsafasi” (1976), “Abadiyat lahzalari” (1981), “Hayrat va tafakkur” (1992) kabi asarlari adabiy va ilmiy jamoatchilik eʼtiboriga tushgan. U filologiya fanlari nomzodi sifatida M. Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, A. Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida oʻzbek va chet el adabiyoti kurslaridan maʼruzalar oʻqigan. Mahkam Mahmudov tarjimon sifatida ham qalam tebratib, Aristotelning “Poetika” risolasini, Balzakning “Sagʻri teri tilsimi” romanini, Andersen ertaklari, Stefan Sveygning “Kuygan koʻngil faryodi” novellalar toʻplami (Oʻtkir Hoshimov bilan)ni, Oskar Uayldning “Yulduzdan tushgan bola”, “Sadoqatli doʻst” hikoyalari va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan. Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun unga “El-yurt hurmati” (1998) ordeni berilgan.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz