Lyuis Kerroll

Lyuis Kerroll

Tavalludi
27-yanvar 1832
Vafoti
14-yanvar 1898
Absurd adabiyoti Ertak-qissa Fantastika Sarguzasht

Lyuis Kerroll (Lewis Carroll, haqiqiy ismi Charlz Lyutvij Dojson, Charles Lutwidge Dodgson; 1832–1898) – ingliz yozuvchisi, matematik, mantiqshunos, faylasuf va fotograf. Lyuis Kerroll 1832-yilning 27-yanvarida Cheshir grafligida ruhoniy oilasida tugʻildi. 1851-yili Oksfordga koʻchib, Oksford universiteti qoshidagi Christ Church kollejiga kirdi. Kollejda oʻqib yurgan kezlari ijodni boshlagan Lyuis Kerroll kichik hikoyalar va sheʼrlar yozib turli nashrlarda chop ettirdi. Uning – «Alisa moʻjizalar mamlakatida» (1864), «Alisa oyna ortida» asarlari hamda «Snarkni ovlash» hajviy dostoni, «Brunoning qasosi» (1867), «Evklid» (1881), «Mantiqiy oʻyin» (1887), «Silvi va Bruno»  (1889), «Timsoliy mantiq» (1890) kitoblari mashhurdir. U 1898-yil 14-yanvarda Surrey grafligida vafot etdi. Lyuis Kerrolning «Alisa moʻjizalar mamlakatida» asari 1951, 1972, 1981, 1982, 1986, 1999-yillari ekranlashtirilgan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Alisa koʻzgu orti oʻlkasida
Alisa koʻzgu orti oʻlkasida

1871

0.0 (0)
Alisa moʻjizalar mamlakatida
Alisa moʻjizalar mamlakatida

1865

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.