L

Lobarxon Rustamova

01.01.1955

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Lobarxon Rustamova 1955-yil 1-yanvarda Uchqo‘rg‘on tumanining Qo‘g‘ay qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Sharoit taqozosi bilan 1956-yilda Yangiqo‘rg‘on tumanining Zarkent qishlog‘iga ko‘chib kelishgach, bolalik yillari shu yerda kechgan. 1971-1975-yillarda Namangan Davlat pedagogika instituti (hozirda NamDU)ning filologiya fakultetida tahsil olgan va uni imtiyozli tugatgan. 1975-1977-yillarda Kosonsoy tumanidagi o‘rta umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanidan yoshlarga bilim bergan. O‘qituvchilik faoliyatidan ajralmagan holda Yangiqo‘rg‘on tuman gazetasi «Mehnat bayrog‘i», hozirda «Yangiqo‘rg‘on hayoti» keyinchalik viloyat davlat soliq boshqarmasining nashri «Iqtisodiyot va soliq» gazetalarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida ishlagan. Oilali, umr yo‘ldoshi Jabborov Abduqahhor 2000-yilda vafot etgan. Ikki nafar farzandi va ikki nabirasi bor.«Katta yo‘lga tutash so‘qmoqlar» (hammualliflikda), «Daryoda aytilgan alla», «Oymomo jilmaydi», «Ezgulikka yo‘g‘rilgan umr», «Ishq ozori», «O‘rgimchak to‘rida», «Tog‘dagi fojia» kitoblari nashr etilgan. Hikoyalari asosida «Lolagul» sahna asari Yangiqo‘rg‘on xalq teatrida sahnalashtirilgan. 2007-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Sog‘inch
Sog‘inch

0.0 (0)
Do‘st
Do‘st

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.