L

Lidiya Bat

18.05.1900 10.01.1980

0.0 (0 ta baho)
Qissa

Lidiya Grigorevna Bat (1900–1980) – rus yozuvchisi va tanqidchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970). Ijodini hikoya, ocherk va taqrizlar yozishdan boshlagan, keyinroq qissalar yozgan. A. I. Deych bilan hamkorlikda yozgan ikki qissasi: “Fritof Nansen” (1936), “Taras Shevchenko” (1939) dan soʻng “Buyuk isteʼdod” (1958), “Haqiqat uchun rahmat” (1961), “Dengiz hayqiradi” (1967), “Unutilmas uchrashuvlar” (1970) kabi asarlarni yaratdi. Uning oʻzbek xalqi hayoti va adabiyoti bilan yaqin aloqasi Toshkentda (1942–44) yashagan yillarida boshlangan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Hayot boʻstoni” (1948) qissasi Bat adabiy faoliyatida muhim oʻrin tutadi. Hamza, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, A. Qaxhor, Zulfiya, A. Muxtor va boshqa ijodi haqida maqolalar, ocherklar, taqrizlar yozgan. M. Qoʻshjonov bilan hamkorlikda yaratgan “Oybek” (1966) tanqidiy-biografik ocherki oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshilgan. I. Sultonov bilan hamkorlika Hamzaning “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari” (1951), V. Smirnova bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” (1958), “Mehrobdan chayon” (1961) asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Hayot gulshani
Hayot gulshani

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.