Li Xo Chul

Li Xo Chul

15.03.1932 18.09.2016

0.0 (0 ta baho)
Roman

Li Xo Chul 1932-yili hozirgi Shimoliy Koreyaning Veonsan shahrida dunyoga keldi. Hibsga olinguniga qadar Koreya jangida, Shimoliy Koreya Armiyasida xizmat qildi. 1950-yilda suv yoʻli orqali janubga yoʻl oldi va 50-yillarning oʻrtalariga qadar Qoʻshma Shtatlar Armiyasi zaxirasida soqchi boʻlib ishlay boshladi. U 1955-yili “Uydan yiroqda” nomli kichik hikoyasi bilan adabiyot maydoniga kirib keldi. Mazkur asar yozuvchining haqiqiy badiiy isteʼdod egasi ekanligini isbotlab berdi va kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. Li Xo Chul Korea Respublikasi Milliy Madaniyat Akademiyasining aʼzosi, bir qancha mukofotlar sovrindori. U eng nufuzli “Zamonaviy adabiyot” (“Panmunjon” asari uchun) “Dongin” (“Horgʻinlik” asari uchun) mukofotlari sovrindori. Li Xo Chul qariyb 50-yildan beri yaqinlaridan yiroqda, Janubiy Koreyada yashab kelmoqda. Yozuvchining “Shimolliklar va janubliklar” deb nomlangan mashhur romani uning boshidan kechirgan ogʻir oʻtmishi, iztiroblari, Shimol va janub oʻrtasidagi ziddiyatlar, shuningdek umumbashariy muammolar haqida hikoya qiladi. Roman bir necha tillarga tarjima qilingan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Shimolliklar va janubliklar
Shimolliklar va janubliklar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.