Latif Mahmudov

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Latif Mahmudov 1933-yilning 1-iyul kuni Toshkent shahar Mirobod mahallasida tavallud topgan. 1956-yili sobiq Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) filologiya fakultetining jurnalistika boʻlimini 1956-yilda muvaffaqiyatli bitirgach, Respublika radiosida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1958-yili bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar Bosh tahririyati tashkil etiladi va unga Bosh muharrir etib tayinlanadi. Latif Mahmudov bu vazifada qariyb yigirma yil faoliyat koʻrsatib, 1979-yildan sobiq “Yosh gvardiya” (hozirgi “Yangi asr avlodi”) nashriyotida bolalar adabiyoti boʻlimini boshqaradi. Latif Mahmudovning ijodiy faoliyati 1956-yillardan boshlangan boʻlib, u asosan, bolalar va oʻsmirlar uchun hikoya, qissa, pyesa hamda kinossenariylar yaratdi. Shu kungacha adibning oʻttizdan ortiq kitoblari nashr etilgan. Bular orasida “Qadrdon koʻzlar” (1961), “Chinor” (1961) kabi kitoblari ilk ijod namunalari sifatida qadrlidir. Shundan soʻng muallifning “Ikki oʻrtoq” (1963), “Vafo” (1963), “Chinor” (1964), “Qirgʻiy” (1965), “Shoʻx daryoning siri” (1966), “Bolalar shodligi” (1968), “Ikki dangasa sarguzashti” (1970), “Sirli xat” (1974), “Jasur bolalar” (1971), “Qonga yashiringan odam” (1979), “Eski dutor sirlari” (1980) kabi hikoyalar toʻplamlari, qissa va romanlari talabchan bolalar hamda oʻsmirlarning didi, ruhiga mos keladi. Latif Mahmudov dramaturg sifatida “Qirgʻiy olib qochgan bola”, “Ali-Vali”, “Muhim topshiriq”, “Sirli xat” kabi bir qator pyesalar yaratgan. Ular Yosh tomoshabinlar teatrlari sahnalarida hamon oʻynalib kelinadi. Ayni chogʻda uning bolalar va oʻsmirlar hayotidan olib yozilgan asarlari asosida bir qator kinofilmlar yaratilgan. Latif Mahmudov yaratgan sara asarlar rus, ukrain, belorus, latish, eston, gruzin, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik tillariga ham tarjima boʻlgan. Adibning “Togʻdagi lolalar” kitobi 1984-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofotiga sazovor boʻlgan. 1977-yilda unga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” degan yuksak unvon berilgan. 2000-yilda “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz