L

Lafonten

08.07.1621 13.04.1695

0.0 (0 ta baho)

Lafonten (La Fontaine ) Jan de (1621. 8. 7, Shato–Terri, Shampan – 1695. 13. 4, Parij) – fransuz shoiri, masalchi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1684 y. dan). Mashhur “Psixeya va Kupidonning muhabbati” (1669) qissasiga “Ming bir kecha” ertaklari hamda Apuley (mil. av. 2-a.) ning “Metamorfozalar” asari asos boʻlgan. Lafontenning masal janridagi asarlari koʻproq shuhrat qozongan. “Sheʼriy ertak va hikoyalar” (1–5-kitoblar,1665–85), “Masallar” (1 – 12-kitoblar,1668–94) toʻplamlarida oʻtkir hajvchi, yirik mutafakkir, adabiyotda Uygʻonish davri anʼanalarining davomchisi sifatida maydonga chiqdi. Uning antik davr, Yevropa hamda Sharq adabiyoti (“Kalila va Dimna” va b.), shuningdek, xalq donishmandligidan ruhlanib yaratgan masallari zamonaviyligi, oʻtkir hajvi, tavsiflarning yorqinligi bilan jahon satirik adabiyoti xazinasini boyitdi. Oʻzbek va rus masalchiligi rivojida ham Lafonten ijodining muhim oʻrni bor. “Kosib va doʻkondor” masali oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1984).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Masallar
Masallar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.