Korney Chukovskiy

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
badia

Chukovskiy Korney Ivanovich (taxallusi; asl ism-sharifi Korneychukov Nikolay Vasilevich) [1882. 19(31). 3, Peterburg – 1969. 28. 10, Kuntsevo, Moskva viloyati] – rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos.
Ijodining asosiy qismini bolalarga bag‘ishlangan asarlar tashkil etadi. Chukovskiyning «Vanya va Timsoh», «Tozalabyuv» («Moydodir»), «Suvarakboy» (1923), «Pashsha – serxarxasha» (1924), «Barmaley» (1925), «Voyjonimning sarguzashtlari» (1929) va boshqa she’riy ertaklari mashhur. Mazkur asarlar asosida ko‘plab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan.
Chukovskiy uzoq yillar davomida yoqimtoy bolalar tilini kuzatib, «Ikkidan beshgacha» kitobini yozdi (1928–70). U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan.
2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Bolalarga bag‘ishlab yozilgan «Vanya va timsoh», «Tozalab yuv», «Suvarakboy», «Pashsha – serxarxasha», «Barmaley», «Doktor Aybolit» kabi asarlari butun dunyoga mashhur. Uning N. A. Nekrasov, A. P. Chexov, V. Korolenko, L. Andreev, V. Bryusov, A. Blok, A. Kuprin, I. Repin va boshqa ulug‘ ijodkorlar haqida yaratgan adabiy ocherklari, badialari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Korney Chukovskiy
badia
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz