Rus yozuvchisi. Dastlab Kiyev universitetining tabiiy-tarix fakulteti (1911–13), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida oʻqigan.“Romantiklar” ilk romani 1916–23-yillarda yozilgan. 1935-yilda nashr etilgan bu romanda, “Tovlangan bulutlar” (1929) romanida boʻlganidek, Paustovskiy nasrining oʻziga xos xususiyatlari – kishilardagi ezgulik tuygʻulariga, mardlik, doʻstlik, olijanoblik singari fazilatlarga eʼtibor sezilib turadi.“Jazava” (1925), “Mustamlaka mollari uchun yorliqlar” (1928), “Qora dengiz” singari dastlabki hikoya va qissalarida olis yurtlar haqidagi orzu-armon tuygʻulari, bu yurtlarga qilingan sayohat taassurotlari, uchrashish va vidolashuv mavzulari ustuvorlik qiladi. Romantik ruhdagi “Qoraboʻgʻoz” (1932), “Kolxida” (1934) va “Shimol qissasi” (1938) qissalari hamda koʻplab hikoyalarida rus tarixiga murojaat etib, kishilardagi yuksak insoniy xislatlarni tasvirlashga alohida eʼtibor bergan. Paustovskiy 30-yillarning 2-yarmidan boshlab sanʼatkorlar hayoti va ijodiy mehnatiga bagʻishlangan asarlar (“Orest Kiprenskiy”, “Isaak Levitan”, 1937; “Taras Shevchenko”, 1939; “Oʻrmonlar qissasi”, 1949; “Oltin gul”, 1956) yozishga kirishdi. Yozuvchi urushdan keyingi davrda oʻz hayoti voqea va hodisalari bilan toʻyingan “Hayot haqida qissa” epopeyasini yaratdi (1-qism – “Yiroq yillar”, 1945; 2-qism –“Sertashvish yoshlik”, 1955; 3-qism – “Notanish asrning muqaddimasi”, 1957; 4-qism – “Katta umidlar davri”, 1959; 5-qism – “Janubga intilish”, 1960; 6-qism – “Darbadarlik kitobi”, 1963). Paustovskiy bu soʻnggi asarida 20-asrning dolgʻali yillaridagi Rossiya hayotini badiiy mujassamlantirib bergan. Paustovskiyning nozik tuygʻu va kechinmalar bilan yoʻgʻrilgan asarlari oʻzbek adabiyotida lirik nasrning shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan. “Yiroq yoʻllar” va “Oltin gul” qissalari hamda bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
# | Kitob nomi | Muallif | Janr | Reyting | Baholang | |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
2 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
3 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
4 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
5 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
6 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
7 | Konstantin Paustovskiy | 0 | Javonga | |||
8 | Konstantin Paustovskiy |
qissa
|
0 | Javonga | ||
9 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga | ||
10 | Konstantin Paustovskiy |
hikoya
|
0 | Javonga |