Keyt Shopen

image
4
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Keyt Shopen (Katerina OʻFlaxerti) (1850-1904) amerikalik mashhur yozuvchi hamda bir qancha roman va kichik hikoyalar muallifi. Ayni davrda ham mazkur adiba benazir ijodi tufayli yigirmanchi asrning eng yorqin ayol yozuvchilaridan biri sifatida yuqori taʼkidlanmoqda. Keyt Shopen dastlab 1892-yildan to 1895-yilga qadar faqat bolalar va oʻsmirlar uchun ijod qildi, yozuvchining oʻsha asarlari “Oylik Atlantika”, “Zamona”, “Asr jurnali” hamda “Yoshlarning hamrohi” nomli turli xil jurnallarda chop etilib turdi. Keyt Shopenning asosiy kichik hikoyalari 1893-yilda nashr etilgan “Goʻdak orzusi” nomli kitobiga jamlangandir. “Bir soatlik hangoma”(1894y) va “Boʻron” (1898y) nomli hikoyalari ham shular jumlasidandir. Chopin faqat hikoyalar yozish bilangina cheklanib qolmasdan Amerika adabiyotida durdona asarlar sirasiga kiradigan bir nechta atoqli romanlarni ham yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning “Gunoh”(1890y) hamda “Uygʻonish”(1899y) nomli romanlari yozuvchi shuhratini yanada baland choʻqqilarga olib chiqdi. Keyt Shopen zamonasining eng yetakchi yozuvchilaridan biri sifatida allaqachon tan olib boʻlingan edi. Adibaning porloq nomi hamda uning sermahsul ijodi to bugungi kungacha ham oʻz qimmatini saqlab kelmoqda.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz