Kengesboy Karimov

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
roman

Kengesboy Aytmuratovich Karimov — jurnalist, shoir, yozuvchi va davlat arbobi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. “Qoraqalpog‘iston xalq shoiri”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasiga mehnati singan jurnalist”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvonlari, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kengesboy Karimov 1948-yil 27-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. 1975-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

Mehnat faoliyatini 1967-yilda „Erkin Qaraqalpaqstan“ gazetasida boshlagan. Yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi turli gazeta va teleradiokanallarda faoliyat yuritgan. Soʻng “Erkin Qaraqalpaqstan” va “Vesti Karakalpakiya” gezetalarining bosh muharrri lavozimida ishlagan. 1983-yildan Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.

2020-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. 2011-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi raisi.

Kengesboy Karimov Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzosi.

Kengesboy Karimovning dastlabki sheʼrlari 60-yillarning oʻrtalaridan boshlab chop etila boshlagan. Adibning “Oraliqlar” (1980), “Vaqt minorasi” (1982), “Unutilgan yarim oy” (1984), “Oroldan keldim” (1985), “Mening derazalarim” (1985), “Ko‘nglim mulki” (2005) nomli she'riy to'plamlari, “Ustyurt dostoni” she’riy manzumasi nashr etilgan. Shuningdek, adib “Og‘abiy” nomli to‘rt romandan iborat roman-tetrologiyasi, “Ulug‘ dasht bo‘rilari”, “Oqqapchiq”, “Xusumat”, “Zardusht”, “Darvesh” kabi nasriy asarlar yozgan.

Yozuvchining bolalar uchun yozilgan “Oltin tanga”, “Ariq mergan” pyesalari yosh tomoshabinlar teatr sahnasiga qoʻyildi.

Kengesboy Karimov A. S. Pushkinning, A. Blok va Saadiyning asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.

Kengesboy 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, 2013-yil Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri, 2015-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Kengesboy Karimov
roman
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz