Karel Chapek
09.01.1890 — 25.12.1938
Chex yozuvchisi. Praga universitetining falsafa fakultetini tugatgan (1915). 1921 – 22-yillarda Praga teatrida rejissyor, keyinchalik butunlay yozuvchilik va jurnalistika bilan shugʻullangan.“Krakonot bogʻi” (1918) hamda “Shuʼlador tubsizliklar” (1916) toʻplamlariga kirgan dastlabki hikoyalarini akasi Iosif Chapek (1887-1945) bilan hamkorlikda yozgan. “Chormixga tortish” (1917) va “Gʻamgin hikoyalar” (1921) toʻplamlaridan joy olgan hikoyalarida urush yillarining sertashvish muhiti, kishilar aro munosabatlardagi ziddiyatli manzaralar aks ettirilgan. “Qaroqchi” lirik komediyasi (1920) da oʻzi eʼtiqod qoʻygan “har kim oʻzicha haq” falsafasini badiiy yoritishga harakat qilgan. Chapek nomini, asosan, ijtimoiy-fantastik mazmundagi asarlari dunyoga yoygan. Temirtan (robot; “robot” soʻzini Chapek oʻylab topgan)lar qoʻzgʻolonidan hikoya qiluvchi “R. V. R.” (1920), “Mikropulosning quroli” (1922) dramalari, “Absolyut fabrikasi” (1922) va “Krakatit” (1924) romanlarida yuksak insonparvarlik borasidagi oʻy-mushohadalarini bayon etgan.“Adamsavdogar” pyesasi (1927; akasi bilan hamkorlikda), “Choʻntakdagi hikoyalar”, “Boshqa choʻntakdagi hikoyalar” (1929) oʻtmishdagi adabiy va diniy syujetlar asosida yozilgan. “Apokriflar”da ana shu holat seziladi. “Gordubal”, “Meter”, “Oddiy hayot” (1933–34) romanlarini qamrab olgan trilogiyasi noinsoniy urf-odatlar, fashizm reaksiyasiga qarshi kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan.“Salamandrlar bilan jang” (1916) romani Chapek ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Unda umuminsoniy qadriyatlar fashizmning irqiy nazariyasi va siyosatiga, gʻayriinsoniy munosabatlarga qarama-qarshi qoʻyilgan. Ayni shu gʻoyalar “Oq kasallik” (1937), “Qutqaruvchi” (1937), “Ona” (1938) kabi qissa va dramalarida ham davom ettirilgan. Chapek hozirgi zamon ijtimoiy fantastikasiga samarali taʼsir koʻrsatgan, uning badiiy olamini boyitgan.
Kitoblar (9)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Igna
Karel Chapek
Igna
|
— |
0.0
(0)
|
|
Chaqaloq voqeasi
Karel Chapek
Chaqaloq voqeasi
|
— |
0.0
(0)
|
|
Masallar
Karel Chapek
Masallar
|
— |
0.0
(0)
|
|
Mavhum tasavvur
Karel Chapek
Mavhum tasavvur
|
— |
0.0
(0)
|
|
Samandarlar bilan ja...
Karel Chapek
Samandarlar bilan jang
|
— |
0.0
(0)
|
|
Shoir
Karel Chapek
Shoir
|
— |
0.0
(0)
|
|
O‘g‘irlangan hujjat
Karel Chapek
O‘g‘irlangan hujjat
|
— |
0.0
(0)
|
|
Moviy xrizantema
Karel Chapek
Moviy xrizantema
|
— |
0.0
(0)
|
|
Artist Bendaning g‘o...
Karel Chapek
Artist Bendaning g‘oyib bo‘lishi
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Igna
Karel Chapek
Igna
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Chaqaloq voqeasi
Karel Chapek
Chaqaloq voqeasi
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Masallar
Karel Chapek
Masallar
|
— |
0.0
|
|
|
Mavhum tasavvur
Karel Chapek
Mavhum tasavvur
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Samandarlar bilan ja...
Karel Chapek
Samandarlar bilan jang
|
— | Roman |
0.0
|
|
Shoir
Karel Chapek
Shoir
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
O‘g‘irlangan hujjat
Karel Chapek
O‘g‘irlangan hujjat
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Moviy xrizantema
Karel Chapek
Moviy xrizantema
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Artist Bendaning g‘o...
Karel Chapek
Artist Bendaning g‘oyib bo‘lishi
|
— | Hikoya |
0.0
|