Jubron Xalil Jubron

Jubron Xalil Jubron

06.01.1883 11.11.1931

5.0 (1 ta baho)
Qissa

Jubron, Xalil Jubron (1883. 6. 1, Livan, Bshirro qishlog‘i – 1931) – arab yozuvchisi, faylasuf, rassom. Arab, ingliz tillarida ijod qilgan. Ilk ijodi romantik ruhda («Halil-Kofir», «Isyonkor ruhlar» hikoyalar to‘plamlari). «Singan qanotlar» (1912) qissasi mashhur. «Ko‘z yoshlari va tabassum» (1914) to‘plami 60 ga yaqin saj (qofiyalangan nasr) bilan yozilgan kichik she’riy parchalardan iborat bo‘lib, unga «Mening tug‘ilgan kunim», «Shoir avlodi» kabi romantik asarlari kiritilgan. «Namoyishkorona yurish» (1918) falsafiy-she’riy asari yozuvchi dunyoqarashini aks ettirsa, «Bo‘ron» (1920) to‘plamida hayotda uchraydigan loqaydlik, boqimandalik, ikkiyuzlamachilik (munofiqlik) kabi illatlar tanqid qilinadi. «Aqldan ozgan» (1918), «Oldinda yuruvchi» (1920), «Payg‘ambar» (1923), «Qum va ko‘pik» (1926), «Iso – inson o‘g‘li» (1928), «Er xudolari» va boshqa asarlari G‘arb kitobxonlariga mo‘ljallangan. Jubron ijodida o‘z falsafiy qarashlarini targ‘ib qilishga harakat qilgan. Uningcha, faqat ma’naviyat eng yuksak qadriyat namunasi bo‘la oladi va ruhning buyukligini aks ettiradi. YuNESKO qarori bilan 1983-yilda butun jahonda Jubron tavalludining 100-yilligi nishonlangan.

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Qayrilgan qanotlar
Qayrilgan qanotlar

0.0 (0)
Qo‘shiqlar
Qo‘shiqlar

5.0 (1)
Bir kishi so‘radi…
Bir kishi so‘radi…

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.