J

Jo‘rjiy Zaydon

14.12.1861 21.08.1914

0.0 (0 ta baho)
Roman

Jo‘rjiy Zaydon (1861. 14. 12, Bayrut – 1914. 21. 8, Qohira) – arab yozuvchisi, publitsist va olimi. Bayrutdagi tibbiyot kollejida o‘qigan (1881–82). 19-asr 80-yillarida Misrga ko‘chib kelib, «Al-Hilol» jurnalini (1892) tashkil qilgan. Zaydon yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U «Islom tarixidan qissalar turkumi»ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi («G‘assonlik qiz», 1895 – 96; «Horun ar-Rashidning singlisi», 1906; «Farg‘ona kelini», 1907–08 va b.). Mazkur romanlarda 7–13-asrlarda ro‘y bergan tarixiy voqealar bayon qilingan. «Farg‘ona kelini» romanidagi voqealar Markaziy Osiyoda arablar istilosi davri (7-asr oxiri va 8-asr boshlari)da ro‘y bergan. «Mamluklar zulmi» (1893) romani tarixiy mavzuda, «Usmonli turklar davlat to‘ntarishi» (1911) romanida esa muallif o‘zi yashagan davrdagi voqealarni qalamga olgan. Zaydon ko‘pgina ilmiy asarlar muallifi: «Islom madaniyati tarixi» (1902–06); «Arab tili tarixi» (1904); «Arab adabiyoti tarixi» (1911–14) va boshqa asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga, jumladan, o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Farg‘ona kelini», 1971).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Farg‘ona kelini
Farg‘ona kelini

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.