Jorj Simenon

Jorj Simenon

13.02.1903 11.11.1989

0.0 (0 ta baho)
Detektiv Roman

Jorj Simenon (1903. 13. 2, Lej – 1989) – frantsuz yozuvchisi. Belgiya qirollik akademiyasi a’zosi (1952-yildan). 1921-yilda Jorj Sim taxallusi bilan «Arkali ko‘prik» dastlabki romanini e’lon qilgan. 1931-yilda «Piterlatish» romani bosilgan. Politsiya komissari Megrening sarguzashtlari haqidagi «Megrening yozishmalari» (1950), «Megre sayohat qiladi» (1958), «Megre va daydi» (1963), «Megre ikkilanmoqda» (1968), «Megre va Sharl» (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detektiv syujeti bilangina emas, balki, birinchi navbatda, inson xarakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi bilan ahamiyatlidir. Simenon bu romanlari bilan jahon detektiv-sarguzasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan o‘rin olgan. Simenon komissar Megre haqidagi romanlaridan tashqari, «Bir qashshoq hayotining to‘rt kuni» (1949), «Prezident» (1958), «Qamoqxona» (1968) singari ijtimoiy-psixologik, mustamlakachilik siyosati va fashizm mafkurasini qoralovchi «Oy zarbasi» (1933), «Habashlar mahallasi» (1935), «Qor ustida g‘ubor» (1948), «Akauka Rikolar» (1952) romanlarini yozgan. Simenon shuningdek, avtobiografik «Xotirlayman» (1945), «Ibtido» (1948), «Onamga xat» (1974) va boshqa kitoblar muallifi. Simenon asarlari jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Megre va daydi
Megre va daydi

1953

0.0 (0)
Megre ministr huzuri... Jorj Simenon
Megre ministr huzurida

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help