Jorj Salim

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Jorj Salim zamonaviy Suriya hikoyanavisligi taraqqiyotida munosib oʻrin egallagan mashhur yozuvchi. Adib 1933-yilda Suriyaning Halab shahrida tavallud topgan. J. Salim bolaligidan ilmga chanqoq, tirishqoq, iqtidorli, adabiyotga yoshligidan qiziqishi kuchli boʻlgan. Yozuvchi koʻp yillar davomida Damashq universitetida oʻqituvchilik qilgan, Madaniyat vazirligida ishlagan. Shuningdek Jorj Salim dastlab Suriya Yozuvchilar uyushmasi, keyinchalik Arab Yozuvchilari uyushmasining tashkilotchisi va rahbarlaridan biri hisoblanadi.
J. Salim “Quvgʻinda”(1962) romani, “Bechora odamlar” (1968), “Ketish” (1970), “Karlar suhbati” (1973), “Qadimgi tashnalik hikoyasi”(1976), “Cheksiz kenglikdagi yolgʻiz tovush” (1976) nomli hikoyalar toʻplami bilan shuhrat qozongan.
J. Salim adabiyot tarixiga oid darsliklar yozish, badiiy asarlarni tarjima qilish bilan ham shugʻullangan. Uning “Arab adabiyotiga sharhlar”, “Arab adabiyotiga oid darsliklar”, “Hikoyachilik sarguzashti” kabi darsliklari, fransuz tilidan arab tiliga tarjima qilgan oʻn bitta gʻarb adabiyotiga oid kitoblari mavjud. Adibning arab adabiyoti tarixiga oid kitoblarining har biri oʻzining boy va qimmatli manbalari, sermazmun tahlillari bilan ahamiyatga molik asarlar hisoblanadi.
Jorj Salim 1976-yilda vafot etgan. Uning koʻplab ijod namunalari vafotidan soʻng qayta nashr qilingan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Jorj Salim
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz