Jon Golsuorsi

Jon Golsuorsi

14.08.1867 31.01.1933

0.0 (0 ta baho)

Jon Golsuorsi (1867. 14. 8 – London – 1933. 31. 1) – ingliz yozuvchisi, dramaturgi.
Dastlabki asarlari – «To‘rt shamol» (1897) hikoyalar to‘plami, «Joslin» (1898), «Villa Rubeyn» (1900) romanlari yangi romantik yo‘nalish ta’sirida yozilgan.
Golsuorsi «Fariseylar oroli» (1904) romani bilan ijtimoiy-maishiy mavzuda romanlar turkumi yaratishga kirishdi. «Qo‘rg‘on», «Chorbog‘» (1907), «Qardoshlik» (1909), «Patritsiy» (1911), «Frilendlar» (1915) romanlarida jamiyatdagi turli tabaqalar hayotidagi qarama-qarshiliklar aks ettirilgan.
Golsuorsi garchi adabiyotdagi yangi oqimlar – estetizm, naturalizm, modernizmga zamondosh bo‘lsa ham, an’anaviy realizm maktabiga sodiq qolib, uni yangi bosqichga ko‘tardi. «Joy» (1907), «Kurash» (1909), «Adolat» (1910) va boshqa pesalari mehnatkashlar hayoti haqida.
Muayyan zodagon oilasi taqdiriga bag‘ishlangan yirik epopeya – «Forsaytlar haqida qissa» (1906– 22), «Zamonaviy komediya» (1924–28), «Bobning yakuni» (1931–33) trilogiyalari va shu turkumga kirgan hikoyalarida 19-asr oxiri – 20-asrning birinchi choragidagi ingliz jamiyati hayoti mohirona tasvirlandi, jamiyatdagi kuchli va ojiz tomonlar hayotiy lavhalarda ochib berildi. Golsuorsi asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Nobel mukofoti laureati (1932).

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Adabiyotda xarakter... Jon Golsuorsi
Adabiyotda xarakter yaratish

0.0 (0)
Adabiyot va hayot Jon Golsuorsi
Adabiyot va hayot

0.0 (0)
Olti adibning qiyofa... Jon Golsuorsi
Olti adibning qiyofasiga chizgilar

0.0 (0)
Yana to‘rt adib qiyo... Jon Golsuorsi
Yana to‘rt adib qiyofasiga chizgilar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help