Jeyms Fenimor Kuper
15.09.1789 — 14.09.1851
Jeyms Fenimor Kuper (1789. 15. 9, Berlington, Nyu-York – 1851. 14. 9, Kuperstaun) – amerika romantik yozuvchisi. Birinchi romani – “Ehtiyotkorlik” (1820). Amerika inqilobi tarixiga oid “Josus” (1821) tarixiy sarguzasht romani unga katta shuhrat keltirgan. Kuperning 32 roman, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publitsistik asarlari bor. “Soʻnggi mogikan” (1826), “Choʻl” (1827), “Izquvar” (1840), “Chingachguk – ulkan ilon” (1841) va boshqa romanlarida oq tanliklarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining hayoti, vatanparvarligi tasvirlangan. “Lotsman” (1823), “Boston qamali” (1825) romanlari dengizchilarning sarguzashtlariga bagʻishlangan. Yevropadagi voqealar tasvirlangan tarixiy romanlar turkumi (“Qandingni ur”, 1831; “Geydenmauer yoki Benediktliklar”, 1832; “Jallod yoki uzumzorlar abbatligi”, 1833 va b.) Kuper ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. Kuper 30-yillarning 2-yarmidan boshlab Amerika hayotidagi illatlarni fosh etuvchi hajviy asarlar yoza boshlagan. “Monikinlar” (1835) romanida maʼrifatparvarlar va J. Svift ijodiga xos ramziylik, majoziylik anʼanalarini davom ettirgan. Amerika adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan Kuper asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kinofilmlar ishlangan.
Kitoblar (4)
| Kitob | Yil | Reyting |
|---|---|---|
Chingachguk fojiasi
|
1823 |
5.0
(1)
|
Josus yoxud betaraf o'lka hikoyati
|
1821 |
5.0
(1)
|
|
Josus
Josus
|
— |
0.0
(0)
|
|
Izquvar
Izquvar
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Nashr yili | Janr | Reyting |
|---|---|---|---|
Chingachguk fojiasi
|
1823 | Roman |
5.0
|
Josus yoxud betaraf o'lka hikoyati
|
1821 | Roman |
5.0
|
|
Josus
Josus
|
— | Roman |
0.0
|
|
Izquvar
Izquvar
|
— | Roman |
0.0
|