Jek Uebb

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Jon Alfred – “Jek Uebb”, “Jon Farr” taxalluslari bilan XX asr – XXI asr boshlarida ijod qilgan Amerika yozuvchisi.
1916-yil 13-yanvarda Los-Anjeles (Kaliforniya)da tug‘ilgan. Asosan, detektiv janridagi asarlari bilan tanilgan. Yozuvchi o‘z davrida Qo‘shma shtatlarida faoliyat yuritgan “Sammy Golden and Father Joseph Shanley” detektiv yozuvchilari guruhining eng faol a’zolaridan biri bo‘lgan. Uning ilk kitobi 1952-yilda Amerikaning Rinehart & Company noshirlik kompaniyasida “Katta gunoh” (“The Big Sin”) nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng ketma-ket uning “Yalang‘och farishta” (“The Naked Angel” – Bu asar “Ayollar makridan qo‘rqgulik” – “Such Women Are Dangerous” nomi bilan ham shuhrat qozongan), “La’natlangan ma’shuqa” (“The Damned Lovely” ), “Singan qo‘g‘irchoq ” (“The Broken Doll” ), “Yaramas mallasoch” (The Bad Blonde), “Mis yog‘dusi” (“The Brass Halo”) va shu kabi ko‘plab asarlari nashr qilinadi. Yozuvchi 2008-yilda Kaliforniyaning Koronado shahrida vafot etadi.
Jon Alfred (Jek Uebb) asarlari detektiv janrida bo‘lib, o‘ziga xos usulda yozilgan, shuning uchun bo‘lsa kerak, kitobxonlar orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi. Uning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga hamda rus tiliga tarjima qilingan. Yozuvchining asarlari o‘zbek kitobxoniga ilk bor o‘zbek tilida taqdim etilmoqda.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Jek Uebb
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz