Jan Pol Sartr

Jan Pol Sartr

21.06.1905 15.04.1980

0.0 (0 ta baho)
Hikoya Pyesa

Jan Pol Sartr (Jean-Paul Sartre) – fransuz yozuvchisi, faylasuf va publitsist. Fransuz ekzistensializmi namoyandasi. 1941–44-yillarda Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatida qatnashgan.
Sartrning siyosiy-mafkuraviy qarashlaridagi ziddiyat va oʻzgarishlar uning “Holatlar” nomli 9 ta kitobida koʻrsatilgan. 1952-yil tinchlik tarafdorlarining harakatiga qoʻshilib, kolonial tuzum va irqchilikka qarshi maʼruzalar oʻqigan. Sotsialistik mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlagan. 1952-yil Vengriya voqealaridan soʻng Sartrning Sovet davlati va umuman sotsialistik mamlakatlarga boʻlgan munosabati keskin oʻzgargan.
Oʻzining nafosat va adabiyotga bagʻishlangan “Adabiyot nima” (1947), “Bodler” (1947), “Avliyo Jene, masxaraboz va jafokash” (1952) kabi asarlarida Sartr oz-moz boʻrttirib boʻlsa ham, yozuvchining hozirgi zamon tarixida roʻy berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qatʼiy taʼkidlab oʻtgan. “Koʻngil aynash” (1938), “Devor” (1939), “Ozodlik yoʻllari” (1945–49), “Yopiq eshik ortida” (1945), “Iblis va Xudo” (1951), “Altona mahbuslari” (1960) kabi asarlarida falsafiy fikrlarini hayotiy tajriba bilan, afsonani jurnalistlarga xos boʻlgan realistik qarashlar bilan birlashtirishga harakat qilgan.
Sartrning ijodi Fransiya va boshqa mamlakatlarning maʼnaviy hayotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Nobel mukofoti laureati (1964).

Kitoblar (5)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Yopiq eshik ortida Jan Pol Sartr
Yopiq eshik ortida

0.0 (0)
Xona Jan Pol Sartr
Xona

0.0 (0)
Men nega mukofotdan... Jan Pol Sartr
Men nega mukofotdan voz kechdim?

0.0 (0)
Mahbus Jan Pol Sartr
Mahbus

0.0 (0)
Devor Jan Pol Sartr
Devor

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help