Ismoil Gaspirali

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
fantastik roman

Ismoil Gaspirali (Gasprinskiy, Gaspiralik) - qrim-tatar millatiga mansub ziyoli qatlam vakili, pedagog, noshir, yirik siyosiy va jamoat arbobi . U jadidchilik va panturkizmning asoschilaridan biri deb ham hisoblanadi.

Erta bolaligida uning tarbiyasi va oʻqishi bilan onasi shugʻullangan, keyin otasi uni boshlangʻich maktabga (mektebe) bergan. Keyingi yillarda Simferopol davlat erkaklar gimnaziyasida, shundan soʻng, otasining talabi bilan Ismoil Voronej harbiy bilim yurtining kursanti boʻldi va birozdan keyin ikkinchi Moskva harbiy gimnaziyasiga tahsil olgani oʻtdi. Ammo yigit harbiy ishlarga mutlaqo qiziqmasdi. Shu sababli, u oʻz hayotini ona xalqiga xizmat qilishga bagʻishlashga qaror qilib, harbiy gimnaziyani tark etdi. Ismoil Gaspirali Moskvadan yana Simferopolga qaytib keldi, erkaklar gimnaziyasida imtihondan oʻtdi va endi boshlangʻich maktab oʻquvchilariga rus tilidan dars berish huquqiga ega boʻldi. Bu yerda u boshlangʻich maktab oʻqituvchisi boʻldi. Avvaliga Ismoil hayotdan ham, ijoddan ham mamnun edi, unga quyosh ostida oʻz oʻrnini topgandek tuyuldi. Yigit ishtiyoq bilan ishga kirishdi, lekin bu uzoq emas, yaʼni 1871-yilda Parijga ketguniga qadar davom etdi. 1871-yilda u Fransiyaga joʻnab ketdi va u yerda Sorbonnada (Parij universiteti) tahsil oldi. Bu yerda Ismoil Gaspirali bir muddat ikki nashr — "Moskva yangiliklari" va "Rossiya xabarnomasi"ning muharriri M.Katkov bilan birga yashadi. Xuddi shu davrda u rus yozuvchisi Ivan Turgenev bilan uchrashdi, u bilan yaqindan tanishdi. Ismoil Gaspirali shu yillari jurnalistikaga qiziqib qoldi, maʼrifat borgan sari uni oʻz domiga torta boshladi. "Ashet" agentligiga tarjimon boʻlib ishga kirdi. Ismoil Gaspirali Fransiyaa poytaxtining ijtimoiy va madaniy hayotiga juda qiziqdi, u Sorbonnada maʼruzalarda qatnashdi, Turgenevning shaxsiy kotibi lavozimini egalladi. Oradan uch yil oʻtib, 1874-yilda yigit Istanbulga joʻnab ketdi.

Ismoil Gaspirali (Gasprinskiy)ning vatani (Gaspirali) — Yalta tumanidagi kichik Avjikoʻy qishlogʻi hisoblanadi. Ammo baʼzi manbalarda butunlay boshqa qoʻshni qishloq — Ulu-Sala tugʻilgan joyi deb koʻrsatiladi. Boʻlajak maʼrifatchi 1851-yil 8-martda (yangi uslub boʻyicha 20-martda) tugʻilgan. Uning otasi Mustafo Ali-oʻgʻli Gasprinskiy rus armiyasida ofitser sifatida xizmat qilgan. Uning oʻzi Gaspra qishlogʻidan kelgan, shuning uchun u oʻzini Gasprinskiy (yaʼni Gaspriyalik degan maʼnoda) deb yozdirgan. Ismoilning onasini ismi Fatma-Sulton Temir-Gozi-qizi (turmuchga chiqishdan oldin uning familiyasi Kantakuzova edi) boʻlgan. 1854-yil aprel oyida oila zodagonlik unvonini oldi.

Ismoil Gaspiralining qalamiga mansub bir qancha badiiy asarlar dunyo yuzini koʻrdi. Uning “Fransuz maktublari” romani, uning bir qismi “Dar ul Raxat musulmonlari” utopik qissasi, “Afrika harflari - Amazonlar mamlakati” hikoyasi, “Arslon qiz” qissasi, “Sharq gʻami" qissasi, “Rus islomi. Musulmonning fikrlari, eslatmalari va kuzatishlari” qissasi, “Rossiya-Sharq kelishuvi. Fikrlar, eslatmalar va tilaklar” kabi qissa va boshqa ijodiy ishlari keng ommaga juda tanish. Ismoil Gaspirali nafaqat Qrim turklari, balki boshqa turkiy xalqlar orasida ham koʻplab adabiy va publitsistik janrlarning asoschisi boʻlgan.

 

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Ismoil Gaspirali
fantastik roman
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz