Isfandiyor Kimsan oʻgʻli Matkarimov Margʻilon shahrida 1946-yilda tavallud topgan. 1969-yili Fargʻona Davlat pedagogika institutini, 1971-yili esa Fargʻonadagi musiqa oʻquv yurtini, 1978-yili Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutining nasr boʻlimini, 1981-yili Moskvadagi «Davlatkino» qoshidagi Oliy stsenaristlar kursini, 1997-yili Toshkent yuridik institutini tamomlagan. 1996-yildan advokatlik lavozimida ishlab kelmoqda. Uning «Saraton», «Meni tongda uygʻoting», «Qasam», «Qasoskor», «Xun», «Qaytish», «Oʻgʻri», «Inqiroz yoxud generallar oʻyini» kabi oʻnga yaqin qissa va romanlari chop etilgan. Adib asosan rus tilida ijod qiladi. U dramaturg–komediograf sifatida esa «Otasining qizi», «Ishonmasang oʻlaman, xotin», «Gʻaroyib dori», «Sening taqdiring» kabi sahna asarlarini yaratadi. Isfandiyor stsenarist sifatida «XX asr dinozavrlari», «Qon ila yoʻgʻrilgan muhabbat» va «Loqaydlik mezoni» filmlarini yaratdi.
Kitoblar (3)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Uqubat
Isfandiyor
Uqubat
|
— |
0.0
(0)
|
|
Oʻgʻri
Isfandiyor
Oʻgʻri
|
— |
0.0
(0)
|
|
Itlar uv tortganda
Isfandiyor
Itlar uv tortganda
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Uqubat
Isfandiyor
Uqubat
|
— | Kinoqissa |
0.0
|
|
Oʻgʻri
Isfandiyor
Oʻgʻri
|
— | Qissa |
0.0
|
|
Itlar uv tortganda
Isfandiyor
Itlar uv tortganda
|
— | Hikoya |
0.0
|