Irvin Shou

Irvin Shou

27.02.1913 16.05.1984

0.0 (0 ta baho)
Roman

Irvin Shou (ing. Irwin Shaw; haqiqiy ismi – Irvin Gilbert Shamforoff; 27-fevral 1913, Nyu-York – 16-may 1984, Davos) – amerikalik yozuvchi va kinossenarist. “Yosh sherlar” romani uni mashhur qilgan. Shou Nyu-Yorkda Rossiyadan kelgan yahudiy emigrantlar oilasida tugʻilgan. 1934-yili Bruklin kollejini bitirgan. Shou 1935-yildan yozishni boshlagan. Dastlab radio va kino uchun ssenariylar yozgan. Uning birinchi romani “Yosh sherlar” 1949-yili nashr etilgan. Roman 1958-yili ekranlashtirilgan. 1951-yili Shou Yevropaga ketadi va soʻnggi 25-yilni Parij va Shveysariyada oʻtkazadi. Irvin Shouning “Qamal” (pyesa, 1937), “Bremenlik dengizchi” (hikoyalar toʻplami, 1939), “Shahrimizga xush kelibsiz” (hikoyalar toʻplami, 1941), “Qotillar” (pyesa, 1944), “Ishon, lekin tekshir” (hikoyalar toʻplami, 1950), “Lyusi Kraun” (roman, 1956), “Boshqa shaharda ikki hafta” (roman, 1960), “Vizantiya oqshomi” (roman, 1973), “Tungi darbon” (roman,1975), “Tepalik choʻqqisi” (roman, 1979) asarlari mashhur.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Tungi darbon
Tungi darbon

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.