Yohann Volfgang Gyote

Yohann Volfgang Gyote

Tavalludi
28-avgust 1749
Vafoti
22-mart 1832
Dramatik poema Falsafa Klassika Tragediya

Yoxann Volfgang Gyote (1749. 28. 8, Frankfurtmayn – 1832. 22. 3, Veymar) – nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70–80-yillari Germaniyada mavjud boʻlgan «Boʻron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik sheʼrlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani oʻsha davr nemis adabiyotida katta voqea boʻldi. Asarda ilgʻor nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi oʻz aksini topgan. 1786–88-yillarda Gyote Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u «Ifigeniya Tavridda» (1779– 81), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780–89) kabi dramalar yozadi. «Sheʼriyat va haqiqat» avtobiografik kitobi (1811–33), «Vilxelm Maysterning oʻqish yillari» (1793–96), «Vilxelm Maysterning darbadarlik yillari» (1821–29) romanlarida inson bilan jamiyat oʻrtasidagi munosabat masalasi aks etgan. Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur oʻrganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulugʻbek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Magʻribu mashriq devoni»ni (1814–19) Sharq sheʼriyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Mugʻanniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 boʻlimdan iborat. Devonda «bulbul»,   «hur», «fatvo», «mugʻanniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi soʻzlarni asliyatda qoʻllaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768–1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi boʻldi. Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan. Gyote sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish 20-asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (Choʻlpon, Oybek, Shayxzoda va b.). Keyinchalik Gyotening «Faust» (Erkin Vohidov tarjimasi, 1972–75), «Magʻribu mashriq devoni» (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985–90), «Yosh Verterning iztiroblari» (Ya. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Gyote ijodi haqida oʻzbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. Gʻafurov, O. Olloberganov, Ya. Egamova, Poshali Usmon oʻgʻli va b.) adabiy-tanqidiy makrlalar yozishgan. Germaniyaning maʼrifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi Gyote nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat koʻrsatmoqda (1998-yildan).

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Faust
Faust

1808

0.0 (0)
Egmont Yohann Volfgang Gyote
Egmont

0.0 (0)
Sheʼriyat va haqiqat Yohann Volfgang Gyote
Sheʼriyat va haqiqat

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.