Icabel Alende

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Chililik mashhur adiba Icabel Alende 1942-yilda Peru poytaxti Lima shahrida tavallud topgan. U Chilining sobiq prezidenti Salvador Alendening jiyani. Ijodiy faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan. 1973-yilda amakisi Salvador Alende oʻldirilgach, Icabel Alende Chilini tark etib, Venesueladan panoh topadi. Uning 1985-yilda yozilgan ilk romani  –  “Ruhlar uyi” tanqidchilar va keng kitobxonlar eʼtiboriga tushib, bestsellerga aylanadi. Keyinchalik yozilgan “Muhabbat koʻlankasi” (1987), “Eva Luna” (1987), “Buyuk reja” (1993),  “Paula” (1995), “Taqdir qizi” (1999), “Zorro” (2005) kabi asarlari ham adabiyot ixlosmandlari qalbidan joy oldi. Icabel Alendening asarlari xayolot va afsonalardan foydalaniladigan magik (sehrli) realizmda yozilgan. Uni aynan magik realizmda ijod qilgan Gabriel Garsia Markes bilan solishtirishadi. Uch nabiraning buvisi boʻlgan Icabel Alende 2003-yilda bolalar uchun moʻljallangan “Yovvoyilar shahri” hamda “Oltin ajdar qirolligi” shuningdek 2005-yilda “Mittivoylar oʻrmoni” asarlarini chop ettirdi. Icabel Alende 2010-yilda Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Chili Milliy Mukofotini qoʻlga kiritgan. 2014-yilda esa “Ozodlik” medali bilan taqdirlangan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Icabel Alende
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz