I

Ibrohim Rahim

Tavalludi
15-oktabr 1916
Drama Kinossenariy Qissa

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916-yilning 15-oktyabrida Fargʻona viloyatining Quva tumanida dunyoga keladi. Uch yoshida otadan yetim qolib, onasi Toʻxtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Adabiyotga ixlos ham Ibrohim Rahimda onasi tufayli uygʻonadi. Ana shu ixlos uni 1933-yilda Toshkentga yetaklab keladi. Ibrohim Rahim dastlab «Kolxoz yoʻli» nomli gazetada faoliyat koʻrsatadi. Uning ilk asarlari shu davrdan boshlab dunyo yuzini koʻradi. Matbuotda uning sheʼr, ocherk va hikoyalari bosila boshlaydi. U ikki urushda – Finlandiya va Germaniya fashizmi bilan boʻlgan janglarda (1937-1945) qatnashgan. Ibrohim Rahim oʻzbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qilgan. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherk, hikoya, xabarlar yozgan. 1946-yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib respublikamizdagi gazeta va jurnal tahririyatlarida ishlab keldi. Ibrohim Rahim Oʻzbekiston radiokomitetida (1946-1947) masʼul lavozimda xizmat qilgan, «Oʻzbekiston ovozi» (sobiq «Qizil Oʻzbekiston») gazetasida muharrir (1950-1961), «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida rahbar (1960-1966), «Guliston» (1966-1970), «Mushtum» (1976-1982) jurnallarida bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938-yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan «Bahodir» (1939) dostonidir. Ibrohim Rahim 1953-yili «Hayot buloqlari» romanini yozdi. Keyinchalik bu asar adabiy tanqidchilarning fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, «Ixlos» (1958) nomi bilan chop etildi. Ibrohim Rahim «Chin muhabbat» (1958), «Fidoyilar» (1972), «General Ravshanov» (1985) kabi romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining jangovar hayotini aks ettirdi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish yozuvchining «Tinimsiz shahar» (1968) romaniga mavzu boʻlib xizmat qilgan. Uning «Taqdir» romani esa yangi shahar qurilishiga bagʻishlangan. Muallifning «Hilola» (1960) qissasi xotin-qizlarning jamoa xoʻjaligidagi oʻrni, ularni rahbarlik lavozimlariga koʻtarish, jamoa xoʻjaligi iqtisodiyotini kjsaltirish tsingari davrning muhim muammolarini badiiy hal qilishga qaratilgan. Yozuvchining «Zangori kema kapitani», «Olovkor» (1960) qissalarida ham kishilarimizning yuksak maʼnaviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. «Oqibat» nomli romani uchun yozuvchiga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1983). Ibrohim Rahim «Jonim fido» va «Chaqmoq» nomli dramalar ham yaratgan (1974). «Chaqmoq»da Belorussiya oʻrmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan oʻzbek yigiti Mamadali Topiboldiyev obrazi yaratilgan. Adib «Farhodning jasorati» kinofilmining stsenariy muallifi hamdir. Ibrohim Rahim «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi», «Oʻzbekiston xalq yozuvchisi» unvonlari bilan taqdirlangan. Adib Oʻzbekiston mustaqilligining besh yilligi va tugʻilgan kunining 80-yilligi munosabati bilan «Doʻstlik», soʻngra «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Yerdagi yulduz Ibrohim Rahim
Yerdagi yulduz

0.0 (0)
Ahmad Fargʻoniy Ibrohim Rahim
Ahmad Fargʻoniy

0.0 (0)
Ishbilarmon qismati Ibrohim Rahim
Ishbilarmon qismati

0.0 (0)
Ahmad Fargʻoniyning... Ibrohim Rahim
Ahmad Fargʻoniyning yoshligi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.