Ibrohim Gʻafurov

Ibrohim Gʻafurov

Tavalludi
27-dekabr 1937

Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻafurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. 1956-1961-yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961-1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. 1995-yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori boʻldi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri. I. Gʻafurov “Goʻzallikning olmos qirralari” (1964) “Unutilmagan bogʻ” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar soʻz” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak -alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “Sheʼriyat – izlanish demak” (1984), “Oʻttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirgʻochim” singari sheʼriy nasrlar yohud mansuralari bilan eʼtibor qozondi. Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E. Xeminguyey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yongʻin” (V. Rasputin) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. I. Gʻofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʻzbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Doʻstlik” ordeni sohibi (1995).

Kitoblar (6)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Hayo — xaloskor Ibrohim Gʻafurov
Hayo — xaloskor

4.0 (1)
Mangu latofat Ibrohim Gʻafurov
Mangu latofat

2.0 (1)
Mangu latofat Ibrohim Gʻafurov
Mangu latofat

0.0 (0)
Iltijo Ibrohim Gʻafurov
Iltijo

0.0 (0)
Dil erkinligi Ibrohim Gʻafurov
Dil erkinligi

0.0 (0)
Hayo — xaloskor Ibrohim Gʻafurov
Hayo — xaloskor

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.