Husayn Jovid

Husayn Jovid

Tavalludi
24-oktabr 1884
Vafoti
11-noyabr 1944
Tragediya

Husayn Jovid (Hüseyn Cavid; asl nomi Husayn Rasizoda) (1884. 24. 10, Naxichevan – 1944) – ozarbayjon shoiri, dramaturg. Ozarbayjon romantizmining yirik vakili va asoschilaridan biri. Istanbul universitetida o‘qigan (1905–09).
«O‘tgan kunlar» (1913), «Bahor shabnamlari» (1917) she’riy to‘plamlari va «Shaydo» dramasi (1917)da xalqning adolatsizlik, zulmga qarshi isyoni aks etgan. «Ona» (1910), «Maral» (1912), «Shayx San’on» (1912–14) dramalarida va «Iblis» tragediyasi (1918)da gumanizm va insonparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan.
«Payg‘ambar» (1922), «To‘pol Temur» (1926), «Knyaz» (1929), «Siyovush» (1933), «Xayyom» (1936), «Iblisning intiqomi» (1936) kabi tarixiy va falsafiy dramalar yozgan. «Maral», «Iblis», «Shayx San’on», «To‘pol Temur» 20-yillarda Xurshid tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
«Shayx San’on» dramasi Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Shayx San’on Husayn Jovid
Shayx San’on

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help