H

Hissa al-Qahtaniy

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Qatar adabiyotida hikoyaning takomillashuvida adiba Hissa al- Qahtaniyning (Hissa al-Qaqhtani) o‘rni beqiyos. Uning asarlari arab hikoyanavisligining oltin fondiga kiritilgan.
Adiba qalamiga mansub asarlarni mutolaa qilgan kitobxon Qatar jamiyatining 1990-2000-yillardagi hayoti bilan yaqindan tanishadi, oddiy qatarliklarning, ayniqsa, ayollarning orzu-umidlari, armonlariga hamdard bo‘ladi, chunki adiba hayot ma’no-mazmunini yaxshi anglagan, inson taqdiri haqida qayg‘urib yashaydigan ijodkordir.
“Qisqa hikoyalarda Qatar ovozi” (“Aswat qatariat fa alqissat alqasira”) hikoyalar to‘plami 2003-yil Qatarda nashr qilingan bo‘lib, mazkur to‘plam turli hajmdagi o‘n to‘qqizta hikoyadan tashkil topgan. Aksariyat hikoyalar mualliflari ayollar hisoblanadi.
Mazkur hikoyalar to‘plamidan o‘rin olgan Hissa al-Qahtaniyning “Ahdu paymon” (“Aleahd”) asari jamiyatda insonga yuklatiladigan vazifalarni mas’uliyat bilan hal etish masalasiga bag‘ishlanadi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Ahdu paymon Hissa al-Qahtaniy
Ahdu paymon

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help