Haynrix Byoll

Haynrix Byoll

Tavalludi
21-dekabr 1917
Vafoti
16-iyul 1985
Hikoya

Haynrix Teodor Byoll (Heinrich Theodor Böll, 21-dekabr 1917 – 16-iyul 1985) – nemis yozuvchisi va romannavisi. Kyolnda tugʻilgan. Maktabni tugatgandan soʻng gitleryugend tarkibiga qoʻshiladi. 1939-yili xizmatga chaqirilgan yosh Bell Sharqiy va Gʻarbiy frontda kapral lavozimida xizmat qiladi. 1945-yili amerikaliklar tomonidan asirga olinadi.
Urushdan soʻng Keln universitetida oʻqiydi. 1949-yili ilk qissasi «Poyezd oʻz vaqtida keldi» («Der Zug war punktlich») nomi bilan chop etiladi. U 1972-yili u adabiyotdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻladi.
Uning «Pichoqli odam» (Der Mann mit den Messern, 1948), «Mening aziz oyogʻim» (Mein teures Bein, 1950), «Qinchangʻi qoʻylar» (Die schwarzen Schafe, 1951), «Qayerda eding Adam» (Wo warst du, Adam?, 1951), «Baleklar tarozisi» (Die Waage der Baleks, 1952), «Bir askar qopchasining tarixi» (Abenteuer eines Brotbeutels, 1953), «Pochta otkritkasi» (Die Postkarte, 1953), «Xoʻjasiz uy» (Haus ohne Hüter, 1954), «Yomon romanlardagidek» (Wie in schlechten Romanen, 1956), «Irland kundaligi» (Irisches Tagebuch, 1957), «Tutqich bermaslar» (Die Spurlosen, 1957), «Doktor Murkening sukuti» (Doktor Murkes gesammeltes Schweigen, 1955), «Katarina Blyumning yoʻqotilgan obroʻsi» (Die verlorene Ehre der Katharina Blum, 1974), «Minalashtirilgan hudud» (Vermintes Gelände, 1982) kabi asarlari mashhur.

Kitoblar (5)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Koʻprik Haynrix Byoll
Koʻprik

5.0 (1)
Mening gʻamgin yuzim Haynrix Byoll
Mening gʻamgin yuzim

4.0 (2)
Non taʼmi Haynrix Byoll
Non taʼmi

5.0 (1)
Chaqirilmagan mehmon... Haynrix Byoll
Chaqirilmagan mehmonlar

5.0 (1)
Albatta, bir nima so... Haynrix Byoll
Albatta, bir nima sodir boʻladi

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.