Hamid Olimjon

Hamid Olimjon

Tavalludi
12-dekabr 1909
Vafoti
3-iyul 1944
Doston Lirika

Hamid Olimjon 1909-yilning 12-dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Ijodini dastlab hikoyalar bilan boshlagan. Tezda isteʼdodi oʻzining lirik tabiatini namoyon qiladi. Shoirning yangi sheʼriyat va yangi badiiy shakllarga intilishi uning “Baxtlar vodiysi”, “Oʻrik gullaganda”, “Oʻzbekiston” sheʼrlarida yaqqol aks etdi.
Hamid Olimjon Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq ogʻzaki ijodiga xos ifoda usuli va vositalaridan keng foydalangan holda xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozdi. “Qoʻlingga qurol ol”, “Jangchi Tursun”, “Roksananing koʻz yoshlari” kabi sheʼr va balladalari shular jumlasidandir.
Uning “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod” nomli dostonlari jarangdor ohangi bilan oʻzbek sheʼriyatining oʻlmas mulkiga aylangan.
Hamid Olimjon ijodida tarjima ham muhim oʻrin tutadi. Jumladan, A.Pushkin, T.Shevchenko, K.Simonovdan qilgan tarjimalari oʻzbek tarjimachilik sanʼatining yuksak namunalari sanaladi.
Hamid Olimjon 1944-yil 3-iyulda avtohalokat natijasida vafot etgan

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Zaynab va Omon
Zaynab va Omon

1938

0.0 (0)
Oygul bilan Baxtiyor
Oygul bilan Baxtiyor

1937

4.0 (4)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.