H

Hamid G‘ulom

25.05.1919 21.08.2005

0.0 (0 ta baho)
Drama Hikoya Roman

Hamid Gʻulom 1919-yil 25-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1979). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Oʻrta Osiyo industrial institutining ishchilar (1933) va togʻ fakultetlarida (1935–37), Pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetida (1938–41) tahsil olgan. “Qasosim bor” (1942), “Haykal” (1943), “Vatan kuylari” (1949), “Yangi bogʻ” (1951), “Qitʼalar uygʻoq” (1960), “Oshiq koʻngil” (1974), “Vafoning uzun yoʻli” (1988) kabi sheʼriy toʻplamlar muallifi. Koʻproq nasriy janrlarda ijod qilgan (“Mashʼal”, 1958–61; “Toshkentliklar”, 1967; “Mangulik”, 1976 va boshqa romanlar). Pyesalar (“Toshbolta oshiq”, 1965), opera teatri uchun “Xorazm qoʻshigʻi” (1964) librettosini yozgan. U. Shekspirning “Oʻn ikki kecha”, Firdavsiyning “Shohnoma”siga kirgan ayrim dostonlar va bir qancha chet el yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. “El-yurt hurmati” (1998) va “Mehnat shuhrati” (2004) ordenlari bilan mukofotlangan. 2005-yil 21-avgustda Toshkent shahrida vafot etgan.

Kitoblar (6)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Qoradaryo Hamid G‘ulom
Qoradaryo

0.0 (0)
Mushkul savdo Hamid G‘ulom
Mushkul savdo

0.0 (0)
Ko‘prik Hamid G‘ulom
Ko‘prik

0.0 (0)
Mash’al Hamid G‘ulom
Mash’al

0.0 (0)
Hayot so‘qmoqlari Hamid G‘ulom
Hayot so‘qmoqlari

0.0 (0)
Bir million mojarosi Hamid G‘ulom
Bir million mojarosi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help